Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Raimova tomonidan Sarmich mahallasidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunchilik talablarining ijrosi o‘rganildi.

Suhbat davomida maktab rahbariyati va pedagoglar bilan ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning ta’lim olish sharoitlari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, fan va sport to‘garaklariga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Suhbat yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2