Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan Sarmich mahallasidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosi va o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimi va qozonxonaning holati, o‘quvchilar uchun issiq va qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, isitish uskunalarining sozligi, qozonxonaning barqaror ishlashi, isitish tizimining texnik holati hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi o‘rganildi.

Maktabning ko‘mir bilan ta’minlanganlik holati, mavjud yoqilg‘i zaxirasi, uni saqlash sharoitlari va mavsum davomida ehtiyojni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maktab hududining obodonlashtirilishi, ichki yo‘laklar va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida qozonxona va isitish tizimini mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2