Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
FUQAROLARNI DORI-DARMON BILAN TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sovot oilaviy shifokorlik punktida fuqarolarga beriladigan dori-darmon vositalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan bir qatorda, fuqarolarga belgilangan tartibda berilishi lozim bo‘lgan dori-darmon vositalarining mavjudligi, saqlanishi va ta’minoti holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dori vositalarining fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazilishi, ularning hisobini yuritish, saqlash sharoitlari hamda ehtiyojdan kelib chiqib ta’minotini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida aholiga tibbiy xizmatlarni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlashdagi mavjud masalalarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida dori-darmon ta’minotini yaxshilash, mavjud ehtiyojlarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolarga belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2