Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sovot QFYda “Zahrogulim” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar, guruh xonalarining jihozlanganligi, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, pedagog va tarbiyachilar faoliyati, bolalarning kun tartibi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.

Bundan tashqari, bolalarning jismoniy rivojlanishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun tashkil etilgan o‘yin maydonchalari hamda mavjud jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, sanitariya talablariga rioya etish va bolalar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4