Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
LUTFIY MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Lutfiy mahallasida yangi o‘rnatilayotgan bolalar maydonchasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bolalar maydonchasini o‘rnatish jarayoni, bajarilgan ishlar va hududning obodonlashtirish holati bilan tanishildi. Hozirgi vaqtda maydonchada rezina qoplama yotqizish, yakuniy obodonlashtirish va ayrim qurilish-montaj ishlarini bajarish lozimligi aniqlandi.
Deputat tomonidan bolalar maydonchasiga zarba yutuvchi, xavfsizlik talablariga javob beradigan rezina qoplama o‘rnatish, o‘rnatilayotgan jihozlarning mustahkamligi va xavfsizlik holatini ta’minlash, qurilish-montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni obodonlashtirish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar berildi.
Shuningdek, bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy dam olish muhitini yaratish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3