Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
XALQ ROZI — ISLOHOTLAR NATIJASI AMALDA
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoşlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

XALQ ROZI — ISLOHOTLAR NATIJASI AMALDA

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda bosh mutaxassis Z. Temirova Vatanparvar mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahalla faollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Muloqot davomida mahallada olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla faollari amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ayniqsa, yo‘llarning asfaltlanayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratganini ta’kidladilar.

Suhbat davomida fuqarolarning kayfiyati, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga munosabati o‘rganildi. Aholining yuzidagi mamnunlik, mahalla faollarining samimiy minnatdorligi amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi amaliy ifodasi ekanini ko‘rsatdi.

Bugun Vatanparvar mahallasida yangilanayotgan yo‘llar, obod hudud va yaratilayotgan qulayliklar — inson qadri va xalq farovonligiga qaratilgan islohotlarning amaldagi natijasidir.

Xalqning xursandchiligi — amalga oshirilayotgan ishlarning eng samimiy bahosidir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4