Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Avg‘onbog‘” mahallasida davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan hujjatlarni yuritish holati, ish yuritishda davlat tilidan foydalanish hamda mahalla hududidagi peshlavhalarda qonun talablari va davlat tilining qo‘llanilishiga rioya etilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hujjatlarni belgilangan tartibda davlat tilida rasmiylashtirish, yozuv va peshlavhalarda imlo qoidalariga rioya qilish, davlat tilining mavqeyini yanada mustahkamlash hamda ish yuritish jarayonida adabiy til me’yorlaridan foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlarni yuritishda davlat tili talablariga qat’iy rioya qilish hamda mahalla hududidagi tashqi yozuv va peshlavhalarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4