Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Aholiga bepul beriladigan dorilar ta’minoti o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanish holatini o‘rgandi.

🔻O‘rganish davomida poliklinikada aholiga belgilangan tartibda bepul berilishi nazarda tutilgan dori vositalarining ro‘yxati, mavjud zaxirasi hamda ularni fuqarolarga berish tartibi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, dorilarning amaldagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda mavjudligi va ularni saqlash sharoitlariga e’tibor qaratildi.

🔻Ma’lum bo‘lishicha, tibbiyot muassasasida aholi uchun bepul beriladigan dori vositalari yetarli miqdorda shakllantirilgan bo‘lib, mavjud zaxira aholi ehtiyojini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Dori vositalarini saqlash jarayoni ham belgilangan talablar asosida tashkil etilgan.

🔻Xususan, dori vositalari saqlanadigan joylarda ularning sifati va yaroqlilik holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olishga e’tibor qaratilgan. Dorilarni hisobga olish, saqlash va aholiga berish jarayonlarini tartibli tashkil etish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratilgan.

🔻Deputat tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bepul dori vositalari ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va mavjud zaxiralarni doimiy monitoring qilib borish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3