35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОЙБЎЙИ МАҲАЛЛАСИДАГИ МАКТАБ КУТУБХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДАГИ 51-СОНЛИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Асосий мақсад — ҳар бир хонадон учун барқарор даромад манбаини яратиш
янв.21
51-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«СОЙБЎЙИ» МАҲАЛЛАСИДАГИ СУВ ИНШООТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИНИ ҚИЙНАБ КЕЛАЁТГАН ЙЎЛ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА МАВСУМИЙ ИШЛАР ИЗЧИЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА МУАММО ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ
янв.21
ГУЛШАН МФЙДАГИ ИЧКИ ЙЎЛЛАРНИ ШАҒАЛЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Temiryo‘lchi” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi ishtirokida muhokoma yig‘ilish o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosida ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va aholining murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.