35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОЙБЎЙИ МАҲАЛЛАСИДАГИ МАКТАБ КУТУБХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДАГИ 51-СОНЛИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Асосий мақсад — ҳар бир хонадон учун барқарор даромад манбаини яратиш
янв.21
51-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«СОЙБЎЙИ» МАҲАЛЛАСИДАГИ СУВ ИНШООТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИНИ ҚИЙНАБ КЕЛАЁТГАН ЙЎЛ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА МАВСУМИЙ ИШЛАР ИЗЧИЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА МУАММО ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ
янв.21
ГУЛШАН МФЙДАГИ ИЧКИ ЙЎЛЛАРНИ ШАҒАЛЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
BOLALARNI ZARARLI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH BO‘YICHA O‘RGANISH

BOLALARNI ZARARLI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH BO‘YICHA O‘RGANISH
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish yo‘nalishida deputatlik nazorati olib borilmoqda.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori talablari ijrosi doirasida tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari S. Xamrayevga rasmiy xat yuborildi.
Rasmiy xatda tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan nazorat va profilaktik ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
📋 Taqdim etiladigan ma’lumotlar doimiy komissiya tomonidan o‘rganilib, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish.