35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ — ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШДАН БОШЛАНАДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУАММОЛАРИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ИЗЛАНМОҚДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ: ҲАР БИР ОИЛАНИНГ ИМКОНИЯТИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ТАШАББУСЛАРИГА АМАЛИЙ КЎМАК
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limida kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida savolnomaga asosan o‘rganish o‘tkazdi.

🟢O‘rganish davomida mazkur qonun doirasida fuqarolarning yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish, aholiga zarur huquqiy tushuntirishlar berish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.

Xususan, fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli yer uchastkalari va ulardagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida 24 nafar fuqaroning kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun belgilangan bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishi kutilayotganligi aniqlandi. Mazkur to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini davom ettirish nazarda tutilgan.

🟢Deputat tomonidan fuqarolarga ushbu jarayonning keyingi bosqichlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolarning har biri bilan manzilli ish olib borish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni qonunchilik doirasida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2