Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
💊 Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

💊 Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarova, O'zbekiston XDP tuman Kengashi raisi G.Turanbayevalar ishtirokida tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

💊O‘rganish davomida aholiga belgilangan tartibda bepul taqdim etiladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, ularning tibbiyot muassasalariga yetkazib berilishi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💊Tibbiyot muassasalarida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokor tavsiyalariga muvofiq davolash jarayonlarining tashkil etilishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ajratilayotgan dori vositalaridan samarali va maqsadli foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

💊O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni bartaraf etish, aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanishini yaxshilash hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5