Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.

Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.


Maktabda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-263-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ota-onalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

✏️Yig‘ilishda farzand tarbiyasida qonun talablariga qat’iy rioya qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli yot g‘oyalar va salbiy ta’sirlardan asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari;

Bolalarning maktabga o‘z vaqtida kelib-ketishi, dars mashg‘ulotlaridagi davomati va xulq-atvori uchun ota-onalarning shaxsiy mas’uliyati;

Maktab, oila va mahalla hamkorligini mustahkamlash orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish.

❗️Ushbu qonun ijrosining amaldagi holatini o‘rganish va uning bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat olib borish Xalq deputatlari kengashi raisi D.Safarova zimmasiga yuklatilgan.

📌Farzandlarimizning baxtli kelajagi va jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda oilaviy tarbiya hamda jamoatchilik hushyorligi eng asosiy tayanch hisoblanadi.