Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#deputat_axboroti #saylovchilar bilan uchrashuv #sessiyadan oldin o'rganish

Olmaliq shahar “Kamalak” mahallasi hududida joylashgan 18-sonli umumtaʼlim maktabida Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi deputatlari Nargiza Atakulova hamda Shodiya Alijonovalarning saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqoti va sayyor qabuli tashkil etildi.
Muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda “Kamalak”, “Bobur”, “Muqumiy” hamda “Olmaliqovul” mahallalari fuqarolari, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, shuningdek, Xalq deputatlari shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, deputat Muhiddin Abdullayev va shahardagi tegishli korxona-tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida hudud aholisini qiynayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash va kommunal xizmatlar sifati bilan bogʻliq muammolar atroflicha koʻrib chiqildi.
📌 Uchrashuvning muhim natijalari:
🔹Koʻtarilgan masalalarning 2 nafari joyida hal etildi. Muddat va qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan qolgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar belgilandi.
🔹Muloqot davomida okrug faollari bilan birgalikda “Tashabbusli budjet” loyihasi yakunlari yuzasidan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan muhim tashabbus va tavsiyalarni Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga muhokama uchun kiritish belgilandi.

Aholi bilan bunday yuzma-yuz muloqotlar hududlardagi mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10