Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Erkin iqtisodiy zonadagi loyihalar deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan Marg‘ilon erkin iqtisodiy zonasida yangi loyihalar asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan korxonalar faoliyati hamda ularga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish, investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan loyiha tashabbuskorlari va mas’ullarga ajratilgan yer maydonlaridan shunchaki foydalanib turish emas, balki ularni belgilangan maqsad asosida o‘zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, loyihalarning amalga oshirilishi va ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holatini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

Slide 1 of 6