Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov saylov okrugi hududidagi Tog‘liq MFYda ko‘chaboshilar va nuroniylar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar, hudud obodonchiligi, infratuzilma va ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Ko‘chaboshilar tomonidan o‘z hududlaridagi dolzarb masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ayniqsa, ko‘chalar kesimida mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nuroniylar bilan suhbatda esa mahalladagi osoyishtalik, yoshlar tarbiyasi, oilalar farovonligi va mahalla muhitini yanada yaxshilash borasida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan qayd etilib, tegishli masalalar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar deputatning saylovchilar bilan muntazam aloqasini ta’minlash, hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi
kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Slide 1 of 6