Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF-17-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda aholi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorda tumandagi aholi iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 10 dona 160 kVA quvvatdagi transformator punktlari hamda 200 dona beton elektr ustunlarini xarid qilish va o‘rnatish belgilangan.

Qaror ijrosini ta’minlash holati Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida belgilangan 10 dona 160 kVA quvvatdagi transformator punktlari va 200 dona beton elektr ustunlari hududga olib kelingani hamda tasdiqlangan reja asosida ularni o‘rnatish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

🔹 Mazkur ishlar aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish hamda elektr ta’minoti sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 9