35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ — ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШДАН БОШЛАНАДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУАММОЛАРИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ИЗЛАНМОҚДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ: ҲАР БИР ОИЛАНИНГ ИМКОНИЯТИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ТАШАББУСЛАРИГА АМАЛИЙ КЎМАК
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
DEPUTATLARNING NAZORAT-TAHLIL FAOLIYATI QANDAY?

Nazorat-tahlil faoliyati – bu xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va hududiy dasturlar, Kengash qarorlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir.

✅Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish, mas'ul tashkilotlar faoliyatiga baho berish hamda qonunchilik hujjatlarining amalda to‘liq va sifatli ijro etilishini ta'minlashdan iborat.

Nazorat-tahlil faoliyatining asosiy shakllari:

✅ Eshituvlar – davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini doimiy komissiyalar hamda Kengash sessiyalarida eshitish.

✅ Deputat so‘rovi – deputat tomonidan aniqlangan muammo yuzasidan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarga rasmiy so‘rov yuborish hamda belgilangan muddatda javob olish.

✅ Kengash so‘rovi – Kengash qarori asosida davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladigan rasmiy so‘rov bo‘lib, muhim masalalar yuzasidan axborot va tushuntirishlarni olishga xizmat qiladi.

✅ Kengash tekshiruvi – qonunlar, hududiy dasturlar va Kengash qarorlarining ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

✅ Nazorat-tahlil tadbirlari – hududdagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni tahlil qilish, mas'ul tashkilotlar faoliyatini baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Samarali nazorat-tahlil faoliyati hududlarni kompleks rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.