35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ — ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШДАН БОШЛАНАДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУАММОЛАРИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ИЗЛАНМОҚДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ: ҲАР БИР ОИЛАНИНГ ИМКОНИЯТИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ТАШАББУСЛАРИГА АМАЛИЙ КЎМАК
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
Mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng yaqin ko‘prik. Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish hamda hududdagi muammolarni xonadonbay o‘rganish — xalq vakillarining ustuvor vazifasidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-"Abdurahmon Jomiy" saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;
Aholi murojaatlari: Hududda fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ularni tizimli bartaraf etish yo‘llari.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ishlashda ochiqlik, murojaatlarni xonadonbay o‘rganish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.