Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 3-“Achchiqko'l” saylov okrugidan saylangan deputat M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-maishiy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Gullola ko‘chasi 5-tor, 5-xonadonda yashovchi Sh.Mamajonov xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida oilada 1 nafar farzand nogironlik nafaqasi olayotgani, oila boshlig‘i esa kunlik mehnat faoliyati orqali daromad topayotgani ma’lum bo‘ldi.

Xonadonning mavjud sharoiti o‘rganilganda, oilada chorva boqish uchun yetarli imkoniyat mavjudligi aniqlandi. Shu bois oilaning doimiy daromadini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda kelgusida oilani kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish maqsadida xonadonni chorvachilik faoliyatiga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishda oilaga amaliy yordam ko‘rsatish, chorva boqish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish yuzasidan mahalla yettiligiga tegishli topshiriqlar berildi.

Oila holati deputat tomonidan nazoratga olinib, belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi hamda xonadonning daromadlarini oshirish borasidagi ishlar monitoring qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3