Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova bilan hamkorlikda “Parpashabof” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada ish yuritish jarayonlarining davlat tili talablariga muvofiqligi, hujjatlarning belgilangan tartibda o‘zbek tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahalladagi hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisining hujjatlari ko‘zdan kechirilib, ish yuritishda davlat tili me’yorlariga amal qilinishi holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi peshlavhalarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilgani, ularda davlat tiliga ustuvorlik berilgani hamda matnlarning amaldagi talablar asosida rasmiylashtirilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada oshirish, ish yuritish hamda tashqi yozuvlarda o‘zbek tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7