35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ — ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШДАН БОШЛАНАДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУАММОЛАРИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ИЗЛАНМОҚДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ: ҲАР БИР ОИЛАНИНГ ИМКОНИЯТИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ТАШАББУСЛАРИГА АМАЛИЙ КЎМАК
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar holati o‘rganildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Romish mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri va qonuniy qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan huquq va manfaatlari, ularga taqdim etilayotgan ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ijtimoiy himoya choralarining manzilliligi va samaradorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔵Deputat I. Xolov ta’kidlaganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yaratilgan imtiyozlarning to‘liq va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🔵Bunday o‘rganishlar fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aniqlangan muammolarni joyida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5