Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
MAKTAB SPORT ZALI MASALASI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdulhakim Eshboev va Nigora Lutfullaeva, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Abdusamatov hamda tuman Kengashi deputati R. Mengziyayeva bilan birgalikda «Joziba» mahallasidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.
2022 yilda yangidan barpo etilgan mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan.
Shu bilan birga, maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamonaviy sport zali qurilishiga ehtiyoj mavjud.
Mazkur masalani hal etish maqsadida sport zali qurilishi bo‘yicha loyiha «Ochiq tashabbusli budjet» jarayoniga ham kiritilgan. Biroq loyiha yetarli ovoz to‘play olmagani sababli g‘oliblar qatoriga kirmagan.
Uchrashuv davomida deputatlar maktab jamoasi va o‘quvchilarning murojaatlarini tingladilar hamda ushbu masalani ijobiy hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishlarini bildirdilar.
Eng muhimi — har bir o‘quvchi uchun munosib ta’lim va sport sharoitlarini yaratish. Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6