35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

#162_ta_qonun #kotibiyat_mudiri
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining kotibiyati mudiri Shuxratjon Rahimov  hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan Xo'ja Ahmad vale mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuarliklarning profilaktikasi to'g'risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda ichki ishlar organlarining mahalla “yettiligi” va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining xizmat faoliyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar hamda qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda qonun ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Mazkur masalaning ijrosi doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3