35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri #24_ta_muhim_masala #deputat_daftari
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda Adolat SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida 6-Yoshlarobod saylov okrugida Beruniy MFY hududidagi Yangichek va Yangi Bo‘ston ko‘chalarining ichki yo‘llari holati o‘rganildi.
Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganish davomida yo‘llarning mavjud holati, aholining murojaatlari hamda ichki ko‘chalarni ta’mirlash va asfaltlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, mazkur ko‘chalarni asfaltlashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar “Tashabbusli budjet” jarayonlarida yetarli ovoz to‘play olmagan. Shu bois, yo‘llarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirishning muqobil imkoniyatlari yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar deputatning ko'cha aylanish daftariga qayd etilib, ijrosi yuzasidan amaliy choralar ko'rilishi belgilab olindi.
O‘rganish yakunida mavjud muammoni bartaraf etish, ko‘chalarni bosqichma-bosqich obodonlashtirish va yo‘l qoplamasini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi qayd etildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3