Hazratibob ziyoratgohining holati o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati N.Mavlonova Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni, (30.08.2001 yil. 269-II-son) hamda Moddiy madaniy meros ob’yektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 881-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida Hazratibob ziyoratgohida bo‘lib, hududning bugungi holati va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududning sanitariya-obodonlashtirish holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan ziyoratgoh hududini yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish, fuqarolar hamda ziyoratchilar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.