35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ҚИЗИЛҚИЁҚ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММО ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ ВА ФЕРМЕР ХЎЖАЛИКЛАРИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРГА АЖРАТИЛАЁТГАН МАБЛАҒЛАР ВА СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАМКОРЛИКДАГИ ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ВА ТАШКИЛОТ ҲАМКОРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИДА
Ariq Usti mahallasidagi piyodalar yo‘lakchasi sifati o‘rganildi

Ariq Usti mahallasidagi piyodalar yo‘lakchasi sifati o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

✅ Mazkur qaror asosida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Tog‘chi saylov okrugidagi Ariq Usti mahallasida qurib bitkazilgan piyodalar yo‘lakchasining sifati tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov hamda kotibiyat xodimi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida piyodalar yo‘lakchasining qurilish sifati, bajarilgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi, foydalanishga qulayligi hamda hudud aholisiga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘lakchaning mustahkamligi va uzoq muddat foydalanishga yaroqliligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur kabi infratuzilmaviy loyihalarning sifatli amalga oshirilishi mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud obodonchiligini yaxshilash hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

✅ Kengash kotibiyati tomonidan “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi va sifati ustidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1