35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ҚИЗИЛҚИЁҚ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММО ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ ВА ФЕРМЕР ХЎЖАЛИКЛАРИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРГА АЖРАТИЛАЁТГАН МАБЛАҒЛАР ВА СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАМКОРЛИКДАГИ ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ВА ТАШКИЛОТ ҲАМКОРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
Qizinaur mahallasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

Qizinaur mahallasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

✔️ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida hududlarda olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

✔️ Mazkur qaror asosida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi F.Tursunqulovga biriktirilgan 25-Machay saylov okrugidagi Qizinaur mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Eshonqulov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✔️ O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish jarayonida aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlashga alohida e’tibor qaratildi.

✔️ Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini ta’minlash, aholiga yaratilayotgan infratuzilmaviy sharoitlarni yaxshilash hamda “Og‘ir tuman” dasturi doirasidagi ishlarning sifatli va manzilli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

✔️ Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan joylarda o‘rganish va nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5