35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОЙБЎЙИ МАҲАЛЛАСИДАГИ МАКТАБ КУТУБХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДАГИ 51-СОНЛИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Асосий мақсад — ҳар бир хонадон учун барқарор даромад манбаини яратиш
янв.21
51-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«СОЙБЎЙИ» МАҲАЛЛАСИДАГИ СУВ ИНШООТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИНИ ҚИЙНАБ КЕЛАЁТГАН ЙЎЛ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА МАВСУМИЙ ИШЛАР ИЗЧИЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА МУАММО ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ
янв.21
ГУЛШАН МФЙДАГИ ИЧКИ ЙЎЛЛАРНИ ШАҒАЛЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatib o'tilgan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganligi, o‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 98-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasiga Uchtepa tumani bo‘yicha 2026-yilda qo‘shimcha ravishda almashtirilishi lozim bo‘lgan jami 40 ta lift moslamasining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan holda taqdim etilgan bo‘lib, mazkur ro‘yxat 37 ta ko‘p kvartirali uyni qamrab olgan.

📈 Xususan, tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga Xuroson mahallasi, 12-mavzedagi 66-sonli ko‘p kvartirali uyning 5-kirish yo‘lagida joylashgan, 1972-yilda o‘rnatilgan 1 ta lift, shuningdek, 4-“A”-sonli ko‘p kvartirali uyning 2-, 3- va 4-kirish yo‘laklarida joylashgan, 1972-yilda o‘rnatilgan 3 ta lift kiritilganligi hamda qayd etilgan manzillardagi lift moslamalarini almashtirish ishlari tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maʼlum qilingan.

Slide 1 of 3