35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi Djumayev Zafar Unarovich, komissiya a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Unda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4