35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
QONUN TARG‘IBOTI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul Abdullayevna tomonidan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-668-son)mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qonunning asosiy maqsadi, madaniy faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish, madaniyat tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, ushbu sohada fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga oid muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talablarni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, aholining huquqiy va madaniy savodxonligini oshirish hamda madaniyat sohasiga oid huquqiy bilimlarni keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Targ‘ibot tadbirida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov ham faol ishtirok etib, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, madaniyat sohasidagi qonunchilikdan xabardorligini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2