35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
“Bog‘iston” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonun

“Bog‘iston” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan deputat U.Xo‘shboqovning saylov okrugidagi “Bog‘iston” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan mahalla profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borish hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar bilan hamohangdir.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini kuchaytirish, mahalladagi muammolarni birgalikda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish vazifalari doirasida profilaktika inspektorining faoliyati ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonun ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan savolnoma asosida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan mas’ul bilan fikr almashilib, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1