Bunyodkor MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj Gulchehra opa holidan xabar olindi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, O. Jo‘rayeva, shuningdek, bosh mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova Gulchehra opa xonadoniga tashrif buyurib, uning turmush sharoiti va oilaviy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdilar.
Suhbat davomida Gulchehra opa yangi o‘quv yili arafasida uch nafar farzandiga maktab formasi olish imkoniyati bo‘lmayotgani, bolalarining maktab formasiga ehtiyoji borligini bildirdi.
Bu murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi!
Deputatlar tomonidan masala ijobiy yechim topdi — Gulchehra opaning uch nafar farzandiga maktab formalari olib beriladi.
Bu shunchaki maktab formasi emas. Bu — bolaning tengdoshlari qatori maktabga ko‘tarinki kayfiyatda borishi, qalbida quvonch uyg‘onishi, onaning esa ko‘ngli taskin topishi demakdir.
Ba’zan inson hayotida katta o‘zgarish qilish uchun katta imkoniyat emas, o‘z vaqtida uzatilgan mehrli qo‘l va samimiy e’tibor kifoya.
Bugun Gulchehra opaning ko‘ngliga umid, farzandlari qalbiga esa quvonch kirib bormoqda.
Xalq vakili uchun eng katta natija — murojaat ortida turgan insonning yuzida tabassum ko‘rishdir!
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati