35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kamolot mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi

Kamolot mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati tomonidan Kamolot mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida o‘rganishlar davomida Tinchlik ko‘chasiga chiqindi tashuvchi maxsus avtotransport vositasi belgilangan vaqtda bormayotgani sababli maishiy chiqindilar ko‘cha va xonadonlar oldida uzoq vaqt qolib ketayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, Hamkorlik ko‘chasiga chiqindi tashuvchi maxsus transport vositasi umuman bormayotgani natijasida chiqindilar to‘planib qolayotgani, bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovi Pastdarg‘om tumani “Toza hudud” DUK filiali direktori M. Jurayevga yuborildi.

So‘rovda:
🔹 Kamolot MFY, Tinchlik va Hamkorlik ko‘chalarida chiqindilarni olib chiqish xizmatining amaldagi holati;
🔹 Tinchlik ko‘chasida chiqindilarni olib chiqish belgilangan grafik asosida amalga oshirilmayotganining sabablari;
🔹 Hamkorlik ko‘chasiga maxsus transport vositasi nima sababdan bormayotgani;
🔹 mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar
haqida ma’lumot berish so‘raldi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholining murojaatlariga yechim topish, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirishdir.

Slide 1 of 1