35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ОЛИС ҲУДУД МАКТАБИДА ҚЎШАЛОҚ БАЙРАМ
янв.21
БИЛИМЛАР КУНИ — ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ИБТИДОСИ
янв.21
ҲУРРИЯТ МАҲАЛЛАСИДАГИ МУАММОЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
УРУШ ҚАТНАШЧИСИГА КЎКРАК НИШОНИ ТОПШИРИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛИЙ НАТИЖА БЕРДИ
янв.21
«НУРАФШОН» МАҲАЛЛАСИДА ЗАМОНАВИЙ БИНО ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН КУЗГИ ДОН ЭКИНЛАРИНИ ЭКИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Sh.Ergashovning aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish hamda ularning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ular bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda munosib mehnat faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishning afzalliklari, ushbu faoliyat turini rasmiylashtirish tartibi, mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda qonuniy daromad topish va oilaviy byudjetni mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

🔺Shuningdek, mahallada aholi tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, jumladan, tomorqadan samarali foydalanish, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Deputat tomonidan ayniqsa, ishsiz yoshlar, xotin-qizlar, mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda qo‘shimcha daromad manbaiga ehtiyoj sezayotgan oilalar bilan individual ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1