35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ ФИЛИАЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Янгиқўрғон туманида доимий комиссиялар қарорлари лойиҳаларини тайёрлаш бўйича амалий семинар ўтказилди
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
НАВКЕНТ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ЎЗИ БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗДИ
янв.21
56-МАКТАБ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ЯНГИ ҚИЁФАДА
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК ОБЪЕКТЛАРИ: 48-МАКТАБДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
⚡️ ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovnaga saylov okrugidagi Lutfiy mahallasi fuqarolari tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat kelib tushdi.

⚡Murojaatda Lutfiy mahallasi, Baynalminal ko‘chasi, 57-uy (Selskiy 57-uy) manzilida elektr ta’minotidagi uzilishlar hamda elektr toki kuchlanishining beqarorligi bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan.

Murojaatni o‘rganish maqsadida deputat Xidiyatulina Rima Rashitovna mazkur manzilga shaxsan borib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda elektr ta’minoti holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida elektr ta’minotidagi muntazam uzilishlar va kuchlanishning beqarorligi oqibatida elektr shitidagi kabel kuyib ketgani aniqlandi. Mazkur nosozlik vaqtincha bartaraf etilib, kabel qayta ulangan bo‘lsa-da, elektr ta’minotidagi muammo to‘liq hal etilmagan va tok kuchlanishi hanuzgacha barqaror emas.

⚠️ Elektr jihozlarining vaqtincha ulanishi, kabelning kuyib ketgani va elektr ta’minotidagi beqarorlik fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, uy-joy xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Holatni inobatga olgan holda, deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlar oldiga mazkur manzildagi elektr ta’minotini zudlik bilan texnik jihatdan ko‘zdan kechirish, nosozlik sabablarini aniqlash, kuygan kabel va elektr jihozlarini xavfsizlik talablariga muvofiq almashtirish hamda elektr ta’minotini to‘liq barqarorlashtirish masalasi qo‘yildi.

Shuningdek, muammoni vaqtinchalik choralar bilan cheklanmasdan, to‘liq va sifatli bartaraf etish, kelgusida bunday xavfli holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida. Aholining xavfsiz va barqaror elektr ta’minotidan foydalanish huquqi ta’minlanishi kerak.

Slide 1 of 3