35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Karmaki” mahallasida “yashil” ta’mirlash ishlari o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Karmaki” mahallasida “yashil” ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Karmaki saylov okrugidan saylangan deputat B.Mo‘minovning saylov okrugi hududidagi “Karmaki” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 1-maydagi VII-20-35-8-113-K/26-sonli qarori bilan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan birinchi guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini “yashil” ta’mirlash ishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Karmaki” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadonida mazkur mablag‘lar hisobidan bajarilgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Ta’mirlash jarayonlari va ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli fikr va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya”ning 18-yo‘nalishi — “Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati” yuzasidan ham olib borildi.

O‘rganish yakunida xonadonda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning qo‘llanilishi holati ko‘rib chiqilib, ijobiy baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4