35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
IJTIMOIY HIMOYA VA XIZMATLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida olib borildi.

Unda mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga, jumladan keksalar, yolg‘iz va yordamga muhtoj fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash holati va mavjud muammolar o‘rganildi.

Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ-1159-son “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ham e’tiborga olindi. Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs va oilalarga ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, manzilli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish belgilangan.

Shuningdek, mahalla darajasida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va zarur ijtimoiy, psixologik hamda boshqa xizmatlarga yo‘naltirishda tizimli yondashuv zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, keksalar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4