35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Nogironligi mavjud shaxslarga imtiyozlar qo‘llanilish holatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan “Barraj” mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning qo‘llanilish holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

🔴O‘rganish jarayonida mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan suhbatlashib, ularning mavjud muammolari, ehtiyojlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandi. Xususan, fuqarolarga nogironlik holati bilan bog‘liq ravishda qonunchilikda belgilangan ijtimoiy yordam va imtiyozlar haqida zarur tushuntirishlar berilgani, ulardan foydalanish jarayonida ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilmayotgani, tegishli xizmatlarni o‘z vaqtida olish imkoniyatlari tahlil qilindi.

🔴Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ehtiyojmand fuqarolarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasida ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faolining amalga oshirayotgan ishlariga ham e’tibor qaratildi.

🔴Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga ularni bartaraf etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, belgilangan imtiyoz va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2