35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 DOIMIY KOMISSIYA QARORI

🏫 Sherobod tumanida yangi qurilayotgan 6 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish masalasi dastlab tegishli doimiy komissiya majlisida muhokama qilindi.

📅 2026-yil 14-avgust kuni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda yangi qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik maqom berish masalasi ko‘rib chiqildi.

🏗 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Sherobod tumanida jami 6 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda.

👧🏻👦🏻 Ularning umumiy quvvati 570 o‘rinni tashkil etadi.
📍 47-son DMTT — “Guliston” MFY, Yangiturmush qishlog‘i — 90 o‘rin
📍 48-son DMTT — “Guliston” MFY, Oqko‘prik qishlog‘i — 90 o‘rin
📍 49-son DMTT — “Navbur” MFY, Istara qishlog‘i — 120 o‘rin
📍 50-son DMTT — “Qizilolma” MFY, Shalqon qishlog‘i — 90 o‘rin
📍 51-son DMTT — “Qizilolma” MFY, Kampirtepa qishlog‘i — 90 o‘rin
📍 52-son DMTT — “G‘urjak-2” MFY, G‘urjak qishlog‘i — 90 o‘rin

📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORIGA KO‘RA:
🔹 Sherobod tumanida yangidan qurilayotgan yuqoridagi 6 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuridik maqom berish masalasi ma’qullandi;
🔹 mazkur masalani hal etish uchun ishlab chiqilgan Kengash qarori loyihasini Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi;

🔹 yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish, zarur shtat birliklarini shakllantirish, pedagog va boshqa xodimlar bilan ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilarni qabul qilish bo‘yicha tegishli tashkiliy choralarni ko‘rish tavsiya etildi.

⚖️ Ya’ni, mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror Kengashning navbatdagi sessiyasida qabul qilinishi uchun tegishli tavsiya berildi.

🌱 Farzandlarimiz uchun yangi bog‘chalar — yangi imkoniyatlar!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 1