35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#doimiy komissiyaga qadar o'rganish #deputat hududda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, deputatlarning o‘z saylov okruglarida aholini qiynayotgan masalalarni bevosita o‘rganib, ularni doimiy komissiyalar muhokamasiga olib chiqish borasidagi topshiriqlar ijrosi amalda ta'minlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Olmaliq shahar Kengashining 23-sonli saylov okrugi deputati o‘z hududidagi 2-sonli umumta’lim maktabi faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda kompleks o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy soha obyektining holati har tomonlama tahlil qilindi:
📚Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: Sinfxonalar, o‘quv qurollari va metodik bazaning tayyorlik darajasi;
🖥Moddiy-texnik baza: O‘quvchilar uchun zaruriy kompyuter va texnik jihozlar hamda mebellarning yetarliligi;
❄️Kuz-qish mavsumi: Issiqlik tizimi, kommunikatsiya tarmoqlari va bino qishki mavsumga qanchalik shayligi;
🌳Obodonlashtirish: Maktab hovlisi va atrofiga tutash hududlarning tozaligi hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari.

Ushbu jarayonda Abdulla Avloniy mahallasi raisi, maktab direktori hamda mas’ul xodimlar ham faol ishtirok etib, mavjud yutuqlar bilan birga yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ham o‘rtaga tashlashdi.
📋 Keyingi bosqich: Doimiy komissiya muhokamasi
Joyida o‘tkazilgan tahlillar va to‘plangan ma’lumotlar shunchaki qog‘ozda qolmaydi. O‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilish hamda amaliy choralar belgilash uchun topshirildi.
Maqsad bitta: Ta’lim maskanlarida farzandlarimiz uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoitlarni yaratish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish!

Slide 1 of 7