35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov okrugiga qarashli “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashdilar.

Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida mahalla boshqaruvini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Suhbat davomida:

• “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi;
• aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni xonadonbay o‘rganish;
• mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va hal etish;
• mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati;
• aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida okrug deputati J.Xamroqulovning o‘tgan davr mobaynida mahalla bilan hamkorlikda amalga oshirgan faoliyati ham tahlil qilindi.

Muloqot yakunida mahalla faollariga Prezidentning PF–116-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi bilan ishlashda shaffoflik va manzillilikni ta’minlash hamda kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.