35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТ ИШТИРОКИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ МАРКАЗИ ОЧИЛДИ
янв.21
КАРТОШКА ҲОСИЛИ ВА ТАКРОРИЙ ЭКИНЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ ТАЪМИНОТИ БАРҚАРОРЛИГИ — АСОСИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШЛАБ ЧИҚАРИШ КОРХОНАЛАРИДА ЧАНГ-ГАЗ ТОЗАЛАШ УСКУНАЛАРИНИ ЎРНАТИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИ ИЧИМЛИК СУВИ БИЛАН ТАЪМИНЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕҲҚОНОБОД МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК ВА УЗУМЧИЛИК ЙЎНАЛИШИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
56-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ayol fuqarolar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokama qilindi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Ayol fuqarolar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokama qilindi


Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati L.Mardonova, Sariosiyo tumani Kengashining “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Xamdamova 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Aeroport” va “Alisher Navoiy” mahallalari fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mahallalarni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, bandlik, kommunal xizmatlar sifati hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga oid bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Ko‘tarilgan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunida aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam o‘tkazish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Slide 1 of 3