35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati F.Sadullayeva hamda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ijro organlari faoliyatining ustuvor vazifalarini belgilash va istiqboldagi yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

📊 Uchrashuvda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va hududdagi xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Xorazm viloyatida 304 ta mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 231 tasi Xiva shahrida joylashgan. Shuningdek, viloyatda 1 234 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi aholiga va sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

💬 Tomonlar iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, xizmatlar sifati va servis madaniyatini oshirish, murojaatlar bilan tizimli ishlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

✅ Uchrashuv yakunida yil oxiriga qadar hamkorlikdagi nazorat tadbirlarini izchil davom ettirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3