35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S.Nomozov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, faoliyat davomida uchrayotgan mavjud muammolar muhokama qilindi.
O‘rganish natijasida muassasada ayrim zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetarli emasligi aniqlandi. Mazkur holat aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da oshirish maqsadida moddiy-texnik ta’minotni mustahkamlash zarurligini ko‘rsatdi.
Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasani zarur tibbiy jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash hamda fuqarolar uchun munosib va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 8