35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ ТАДБИРЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕНАТ РАИСИ РАИСЛИГИДА ВИДЕОКОНФЕРЕНЦАЛОҚА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ ТАДБИРЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОҒИР ҲУДУДДАН — ОБОД МАҲАЛЛА САРИ
янв.21
МЕВАНИ ҚАЙТА ИШЛАШ КОРХОНАСИДА ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ЮҚОРИ ҚОРАЁНТОҚ МАҲАЛЛАСИДАГИ ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ustuvor_yoʻnalish
#mahalla_yettiligi

Deputatlik nazorati amalda: "Navbahor" mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati chuqur tahlil qilindi

Mahallalarda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar farovonligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlarning har bir xonadonga yetib borishini ta’minlash bugungi kunda mahalliy Kengash deputatlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Ana shu maqsadda Xalq deputatlari Kengashining 6-"Navbahor" saylov okrugidan saylangan deputati K.Amanqulovga
biriktirilgan tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Navbahor" mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar batafsil o‘rganildi. Xususan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada "mahalla yettiligi" hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati, xonadonbay o‘rganish natijalari, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda boshqa ijtimoiy dasturlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va mahallada olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1