📑 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha aholi murojaatlari bilan ishlash holati, shuningdek, ayrim davlat tashkilotlarida murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish holati yuzasidan kiritilgan axborot ko‘rib chiqildi.
👤 Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J. Jo‘raev axborot berdi.
💬 Muhokamalar davomida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅ Muhokamalar yakunida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.