35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ ТАДБИРЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕНАТ РАИСИ РАИСЛИГИДА ВИДЕОКОНФЕРЕНЦАЛОҚА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДЛИК ВА МЕҲР-САХОВАТ ТАДБИРЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОҒИР ҲУДУДДАН — ОБОД МАҲАЛЛА САРИ
янв.21
МЕВАНИ ҚАЙТА ИШЛАШ КОРХОНАСИДА ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ЮҚОРИ ҚОРАЁНТОҚ МАҲАЛЛАСИДАГИ ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

 🔰 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi faoliyatiga oid (doimiy komissiyalar kesimida taqsimlangan 162 ta qonun bo‘yicha) qabul qilingan qonun va ijro hujjatlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilayapti. 

Doimiy komissiya tomonidan Uchko‘prik tumanidagi “Gijdon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi. 

📌 O‘rganish davomida muassasa mudirasi Otaboeva Umidaxon ishtirokida binodagi mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, muassasa binosi 1966-yilda qurilgan bo‘lib, 55 sotix yer maydonida joylashgan. Bugungi kunda o‘quv va o‘yin xonalari ma’nan eskirgan, shuningdek ovqatlanish va bolalar yotoqxonasi bir xonaning o‘zida joylashgan. 

📌 Shuningdek 200 nafar bolaga mo‘ljallangan muassasada hozirgi kunda 300 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Bu esa qo‘shimcha joy va qulay shart-sharoitlarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. 

📌 O‘rganish jarayonida bolalar foydalanadigan hojatxona yaroqsiz holatga kelib qolgani, mahalla aholisi homiyligi asosida yangi 10 o‘rinli hojatxona qurilayotgani ham ma’lum bo‘ldi. 

🔹 O‘rganish yakunida muassasada bolalar uchun zamonaviy va munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida ob’ektni Davlat dasturiga kiritish yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar nomiga deputatlik so‘rovi kiritilishi rejalashtirildi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani
Kengashi
  

Slide 1 of 1