35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #162_ta_qonun
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_ta_qonun


Xalq deputatlari tuman Kengashining "24-Yorug‘ kun" saylov okrugidan saylangan deputat N.Sattorov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi METH departamenti huzuridagi Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, xodimlarning huquqiy bilim va ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish, shuningdek, bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi 754-XII-son Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xususan, qonunning asosiy maqsadlari, fuqarolar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquq hamda majburiyatlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash, ekologik xavfsizlikni ta'minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma'lumot berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta'minlash, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash hamda ekologik qonunchilik talablariga qat'iy rioya etishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan sohada uchrayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, ularni hal etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tabiatni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va kelajak avlodlarga musaffo tabiiy muhitni qoldirish yo‘lida davlat organlari hamda mas'ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, ekologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.
Slide 1 of 3