35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi

Navbatdagi o‘rganishlar davomida "Oriyat" mahallasi hududida joylashgan tibbiyot muassasasida dori vositalarini saqlash xonasida zarur sovitish uskunasi (konditsioner) mavjud emasligi aniqlangan edi. Mazkur holat dori vositalarini belgilangan harorat rejimida saqlash va ularning sifatini ta’minlash nuqtai nazaridan muhim masala sifatida baholanib, ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan Muzrabot tumani Tibbiyot birlashmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovini ko‘rib chiqish natijasida Muzrabot tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan amaliy choralar ko‘rildi. Tibbiyot birlashmasining javob xatiga ko‘ra, deputat tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, "Oriyat" mahallasidagi tibbiyot muassasasining dori vositalarini saqlash xonasiga zamonaviy sovitish uskunasi (konditsioner) o‘rnatildi.

Mazkur chora-tadbir natijasida dori vositalarini belgilangan harorat talablariga muvofiq saqlash uchun zarur sharoit yaratildi.

Bu esa dori vositalarining sifatini saqlash, ularning yaroqlilik xususiyatlarini ta'minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Deputatlik nazorati orqali hududlarda aniqlanayotgan muammolarning amaliy yechim topayotgani fuqarolar murojaatlari va ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2